Crysis — bu shooter

Crysis — bu juda chiroyli shooter

Crysis — bu juda qiziqarli shooter

Hammaga maslahat beraman

Özimga Ubunti qöyib oldim. Install qiliş juda oson keçdi — Live CD yordamida Ubuntuni işga tuşiramiz va Install degan tugmani bosamiz: 15 minutdan keyin Ubuntu hizmatga tayyor.

Agar install qilişni hohlamasangiz, Live CD yordamida Ubuntudan foydalanilingiz mumkin. Bunda Ubuntu töliq işlaydi, lekin install qilinganiga nisbatan sal sekinroq.

Install qilişim bilanoq videokartam uçun Nvidia’ning «proprietary» drayverlarini qöydim. Bunday drayverlarning kodi oçiq emas, ammo Ubuntuning oçiq kodli standart drayverlaridan ança tez işlaydi va 3D-grafikadan foydalaniş imkoniyatini beradi. Uşbu drayverlar va Compiz Fusion yordamida Ubuntuni ança «odam başara» körinişga keltirsa böladi.

Ubuntuning (töğriroği, Linuxning) katta afzalliklaridan biri — bu depozitariylardir. Depozitariy yordamida kerak bölgan dasturni intertetdan tez köçirib olişingiz mumkin. Ya‘ni, Linuxning deyarli barça dasturlarini bir joydan köçirib olsangiz böladi. Bunda Sarkor foydalanuvçilariga ança qulay narsa — bu depozitariylardagi dasturlarning Sarkorda joylaşganligidir. Ya‘ni, Sarkor foydalanuvçilari Linux dasturlarini bepul köçirib olişlari mumkin.

Davomi bor…

Haroratni tez bilişning bir usuli: Google’da «weather Tashkent»  deb yozamiz va ob-havoni bir zumda bilib olamiz.

Şu kunlarda Sarkor judayam sekin işlayapti. Soft.uz’dan fayllar atigi 7 kB/s tezlikda köçirilyapti. Avval bemalol 29—30 kB/s köçirilar edi…

Bugun kun böyi qor yoğdi (hozir ham yoğyapti). Hammayoq oppoq, çiroyli.

Lekin qor köpçilik tanişlarimning joniga tekkan körinadi. Hamma noligani-noligan, taksistlar ham ulardan qolişmaydi.

Menga esa qor yoqyapti, sovuq ham unça taʼsir qilmayapti. Bunda Daniyaning ham hissasi katta bölsa kerak…

Bugun Eztekka videokartamga kuler sotib oliş maqsadida bordim. U yerdagi menga nisbatan bölgan qöpol muomala tufayli rejalaştirgan haridimni qilmadim va kelajakda u yerga boşqa bormaslikka harakat qilişga axd qildim.

Hurmali muştariylar, siz Eztek haqida qanday fikrdasiz?

Xuş kelibsiz!