- Naşr sanasi:
31-mart 2008-yil - Şarhlar: 3ta (şarhlang)
- Rukn: Mayda-çuyda


Bugun WordPressning eng yangi versiyasi naşrdan çiqdi.
Barçani bahor bayrami bölmiş Navröz bilan tabriklayman!
Kim biladi, Toşkentda LightScribe disklarini qayerdan sotib olsa böladi?
Aytgança, birmunça avval blogimdagi şriftlarni özgartirgan edim: endi agar sizda Windows Vista yoki Office 2007 örnatilgan bölsa, blogimdagi Arial şrifti örniga Segoe UI, Georgia örniga Cambria şriftlari işlatiladi. Aks holda, eski şriftlar işlatilaveradi.
Juma kuni ertalab taksi töxtatdim va 1500 sömga gaplaşdim. Taksiga ötirişim bilan «sigaret çekişimga qarşi emasmisiz?», — deb söradi taksiçi çekayotgan sigaretini körsatib. Men «yöq» deb javob berdim. Hali heç qaysi bir taksiçi yölovçisiga bunaqa munosabatda bölganini körmagan edim.
Manzilga yetişimiz bilan 1500 söm uzatsam 500 sömini qaytarib berdi va «yaqin joy ekan-ku, 1000 söm ham yetadi» dedi.
Qoyil. Birinçi marta bunday insofli taksiçini uçratişim.