Özimga Ubunti qöyib oldim. Install qiliş juda oson keçdi — Live CD yordamida Ubuntuni işga tuşiramiz va Install degan tugmani bosamiz: 15 minutdan keyin Ubuntu hizmatga tayyor.

Agar install qilişni hohlamasangiz, Live CD yordamida Ubuntudan foydalanilingiz mumkin. Bunda Ubuntu töliq işlaydi, lekin install qilinganiga nisbatan sal sekinroq.

Install qilişim bilanoq videokartam uçun Nvidia’ning «proprietary» drayverlarini qöydim. Bunday drayverlarning kodi oçiq emas, ammo Ubuntuning oçiq kodli standart drayverlaridan ança tez işlaydi va 3D-grafikadan foydalaniş imkoniyatini beradi. Uşbu drayverlar va Compiz Fusion yordamida Ubuntuni ança «odam başara» körinişga keltirsa böladi.

Ubuntuning (töğriroği, Linuxning) katta afzalliklaridan biri — bu depozitariylardir. Depozitariy yordamida kerak bölgan dasturni intertetdan tez köçirib olişingiz mumkin. Ya‘ni, Linuxning deyarli barça dasturlarini bir joydan köçirib olsangiz böladi. Bunda Sarkor foydalanuvçilariga ança qulay narsa — bu depozitariylardagi dasturlarning Sarkorda joylaşganligidir. Ya‘ni, Sarkor foydalanuvçilari Linux dasturlarini bepul köçirib olişlari mumkin.

Davomi bor…