Aytgança, birmunça avval blogimdagi şriftlarni özgartirgan edim: endi agar sizda Windows Vista yoki Office 2007 örnatilgan bölsa, blogimdagi Arial şrifti örniga Segoe UI, Georgia örniga Cambria şriftlari işlatiladi. Aks holda, eski şriftlar işlatilaveradi.
Juma kuni ertalab taksi töxtatdim va 1500 sömga gaplaşdim. Taksiga ötirişim bilan «sigaret çekişimga qarşi emasmisiz?», — deb söradi taksiçi çekayotgan sigaretini körsatib. Men «yöq» deb javob berdim. Hali heç qaysi bir taksiçi yölovçisiga bunaqa munosabatda bölganini körmagan edim.
Manzilga yetişimiz bilan 1500 söm uzatsam 500 sömini qaytarib berdi va «yaqin joy ekan-ku, 1000 söm ham yetadi» dedi.
Qoyil. Birinçi marta bunday insofli taksiçini uçratişim.
«Prison Break» serialining birinçi faslini (hammasi bölib 3ta fasl) körib böldim. Juda qiziqarli serial ekan.
Ukasi nohaq qamalgan va ölimga mahkum qilingan akasini qutqargani qamoqqa tuşiş uçun ataydan jinoyat qiladi va qamoqqa tuşadi. Serialning 1-fasli ularning qanday qilib birgalaşib qoçganligi xaqida.
Uşbu serialda Lincoln Burrows (nohaq qamalgan) voqeasi 2 tomondan yoritiladi: 1-si bu qamoqdagi ukasi tomonidan öylab topilgan qoçiş rejasi bölsa, 2-si bu Lincolning sobiq sevgilisi Victoria Donovan tomonidan olib borilayotgan yuridik tekşiruvdir.
Işiqlib, serial menga yoqdi. Qolgan 2ta faslini ham yaqin kunlarda körib bölsam kerak.
GeForce 8800-ni Eztekdan sotib oldim, çunki ularda şu videokarta nisbatan yaxşi brendli (Inno3D) va nisbatan arzon ekan.
Ötgan safardan farqli ölaroq, bu safar savdo bir «taniş» orqali amalga oşirildi. Şuning uchun sotib oliş jarayoni juda tez kechdi: keçqurun sayt orqali buyurtma berdim, ertasiga soat 12da videokarta qölimda edi (işhonamga olib kelib berişdi).
«Taniş» va Eztekka rahmat :-)
PS. Endi PSU oliş harakatidaman: Xitoyning 450 vatti yetmayapti…
Uşbu alifbo men (Bittabola) tomondan öylab topilgan. U lotin grafikasiga asoslangan turk alifbosi va 1993—95-yillarda qöllanilgan özbek alifbosiga juda öxşaş. Batafsil →